Tojik-qirg‘iz chegarasi: ikki davlat vakillari muzokara o‘tkazdi

Qirg‘iziston Chegara qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Abdikarim Alimbayev va Tojikiston Chegara qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari Xikmatillo Pirakov chegaradagi vaziyatni muhokama qildi.
Sputnik

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Tojik-qirg‘iz chegarasida hozirgi vaqtda vaziyat barqaror deb baholanmoqda, ikki davlat vakillari muzokaralari o‘tkazildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston mamlakat chegara xizmati matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.

Tojik-qirg‘iz chegarasida mojaro - harbiy xizmatchi yaralandi

Bugun chegaradagi kelishilmagan hududlarda Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari tomonidan o‘rnatilgan devorlar to‘liq olib tashlandi.

Muzokaralarda Qirg‘iziston Chegara qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Abdikarim Alimbayev va Tojikiston Chegara qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari Xikmatillo Pirakov ishtirok etdi.

Ular chegarachilarning xulq-atvor qoidalariga rioya qilishi, ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni muhokama qildilar.

Kuni kecha ertalab Ko‘k-Tosh qishlog‘ida ikki davlat fuqarolari o‘rtasida nizo kelib chiqdi: chegara hududi yaqinida istiqomat qiluvchi taxminan 180 nafar Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari bir-biriga tosh otishdi. Shu munosabat bilan ikki davlat chegara xizmati, huquq tartibot va viloyat ma’muriyati vakillari muzokara o‘tkazildi. Biroq vaziyat tinchlanmadi.

Shundan so‘ng, 4 nafar harbiy xizmatchi va ikki nafar fuqaro Batken viloyati shifoxona olib kelindi. Bugun ertalab chegaradagi vaziyat barqarorlashdi.