O‘zbekiston tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi kuzatilmoqda

FVV 19-dekabrdan 23-dekabr kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi haqida ogohlantirdi.
Sputnik

TOShKENT, 18 dek – Sputnik. 2019-yil 19-dekabrdan 23-dekabr kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi kuzatilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantirdi.

Chimonda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Qayd etilishicha, 2019-yilning 19-dekabr kuni soat 08:00 dan 20-dekabr soat 08:00 gacha “Chimon” hududida Qor ko‘chkisi xavfi bor. 

“Hurmatli dam oluvchilar!” Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va “Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud!” belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni iltimos qilamiz, deyiladi FVV e’lonida.

Shuningdek, fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rishlari, avariya hamda boshqa noxush holatlar sodir bo‘lganda qisqa 1050 raqamiga murojaat qilishlari mumkinligi eslatildi.