O‘zbekiston va YeOII

"Adolat" yetakchisi xalq sudi, muhojirlar, shifokorlar himoyasi va YeOII nozik jihatlari haqida

O‘zbekistonda 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Sputnik

Parlamentdagi 150ta o‘rin uchun mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan: O‘XDP, O‘zLiDep, "Adolat", "Milliy tiklanish" va Ekologik partiyalaridan 750 nomzod o‘zaro kurash olib bormoqda. Sputnik barcha siyosiy partiyalar vakillari bilan muloqot qildi va qonunchilikka ular qanday o‘zgarishlarni kiritishni taklif etayotganini aniqladi.

Oliy Majlis raisining o‘rinbosari, "Adolat" partiyasi rahbari Narimon Umarov Sputnik muxbiriga o‘z jamoasi saylovlar uchun qanday tashabbuslarni ilgari surgani va birinchi navbatda qanday muammolarni hal qilishni rejalashtirayotgani haqida gapirdi.

- Saylovoldi dasturingizning asosiy yo‘nalishlari haqida gapirib bersangiz?

- Biz nazariy hisobotlar, uzoq va murakkab dasturlarni o‘z ichiga olgan eski tajribadan uzoqlashdik. 2017-yilda prezident bilan uchrashgandan so‘ng, taktikamizni o‘zgartirishga qaror qildik va ular aytganidek, intilishlari va aniq ehtiyojlarini qondirish uchun xalq ichiga kirib bordik.

Saylovda ishtirok etayotgan nomzodlar haqida nimalarni bilasiz?

Uch yil ichida biz mutaxassislarimiz ishtirokida sog‘liqni saqlash, ta’lim va advokatura sohasida jami 24 ta loyihani tayyorladik. Ushbu loyihalar asosida kelgusidagi faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldik. An’anaviy ravishda ularni besh sohaga bo‘lish mumkin: ta’lim, sog‘liqni saqlash, sud islohoti, korrupsiyaga qarshi kurash va fan va iqtisodiyotni rivojlantirish. Albatta, biz xalqaro munosabatlar bilan ham shug‘ullanamiz, ammo asosiy beshtasi shu.

- Agar biz aniq tashabbuslar haqida gapiradigan bo‘lsak, xususan, siz sudlarni birlashtirish tarafdorisiz. Buni qanday tushunasiz va bunday ehtiyojni keltirib chiqaradigan sabablar nimada?

- Biz yana xalq ehtiyojlaridan kelib chiqdik. Agar respublikamizda barcha sud instansiyalarini birlashtirgan Oliy sudimiz bo‘lsa, viloyatlarda bu organlar ajralgan - jinoiy ishlar bo‘yicha, ma’muriy, iqtisodiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha. Natijada, bir kishi bitta sudga, masalan, ma’muriy sudga aniq savollar bilan boradi, ular undan hujjatlarni olishadi, ishni o‘rganishadi - bir-ikki hafta, yoki oydan so‘ng ular: "Bu bizning javobgarlik doiramizda emas, siz iqtisodiy masalalar bo‘yicha sudga borishingiz kerak", deb aytadi.

Bunday holatlarning oldini olish uchun biz yagona sudni yaratishni taklif qilamiz - bu odam o‘z iltimosi yoki muammolari bilan boradigan joy, deylik "Halq sudi" bo‘lsin. Ushbu tuzilma fuqarolardan arizalarini qabul qilib, sudlarning qaysi biriga bu ishni yuborishni o‘zi taqsimlasin. Asosiy vazifa - odamlarning sudma-sud yugurishiga yo‘l qo‘ymaslik, odamlar tumanlararo sudga yuzlab kilometr masofani bosib o‘tib bormasin, aksincha, shunday bir tuzilma borligini va u yerga murojaat qilib adolatli qaror olish mumkinligini bilishsin. Ha, tizim  noqulay bo‘lmasligi shart, qaysidir jihatlarini optimallashtirish kerak bo‘ladi, ammo bu tafsilotlar ish jarayonida bo‘ladi.

Advokaturalar bilan ham muammolar bor. Bizda ushbu sohada mutaxassilar yetishmayapti: 33 million aholiga atigi 4 ming advokat – bu juda kam. Bundan tashqari, ularning vakolatlarini kengaytirish, prokurorlarga tenglashtirish kerak. Hozirda holat bunday emas, shuning uchun advokatlar ushbu sohaga kelishmaydi. Advokatlik faoliyati ko‘prok tadbirkorlikka aylandi. Sud himoyachilarining maqomi qonun bilan mustahkamlanishi kerak.

Eng kamharajatli parlament saylovlari O‘zbekistonda

Yana bir muammo - tergov bo‘yicha yagona qo‘mitani tuzish zaruriyati. Endi Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati qoshida alohida bo‘linmalar mavjud. Ammo bu maqbul emas, chunki to‘g‘ridan-to‘g‘ri idoralararo qiziqish mavjud. Hech kim statistika uchun choyshabni o‘ziga tortib olmasligi uchun bizga bitta tuzilma kerak.

- Sizning partiyangiz muhokama qiladigan yana bir muhim mavzu - bu ta’lim. Xususan, siz universitetlarga kirish uchun kvotalarni bekor qilishni taklif qilyapsiz. Hozirgi tizim nimasi bilan yomon?

- Biz hozir jiddiy nomutanosiblikni boshdan kechirmoqdamiz. Mamlakatda oliy ma’lumotga ega bo‘lishni xohlovchilar juda ko‘p: shu yilning o‘zida 1,033 million abituriyent ariza topshirdi, ulardan 128 ming nafari o‘qishga kirdi, bu umumiy miqdorning 12 foizini tashkil etadi. Tug‘ilishning yuqori darajasi hisobga olinsa, bu holat yildan-yilga takrorlanadi.

Ta’lim vazirligining yondashuvi mavjud bo‘lib, unga muvofiq agar oliy o‘quv yurtlarini  o‘z-o‘zini moliyalashtirishga o‘tkazilsa, vaqt o‘tishi bilan qabul kvotalari asta-sekin oshirilishi mumkin. 2020-yilda dastlabki 10 ta oliy o‘quv yurti ushbu tamoyilni qabul qiladi. O‘ylaymanki, besh yil ichida loyiha mamlakatimizda amalga oshiriladi. Shunda har bir universitet yoki institut o‘z moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, talabalar sonini ikki-uch baravar ko‘paytirishi mumkin. Oliy o‘quv yurti o‘zi uchun bino qurishi, kerakli o‘qituvchilarni, shu jumladan, xorijdan taklif qilishi, laboratoriya uskunalarini sotib olishlari yoki yotoqxonani ta’mirlashi mumkin. Ya’ni, bu vaziyatdan chiqish yo‘li.

Bir necha kun oldin biz Vazirlar Mahkamasiga oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha o‘z takliflarimizni bildirdik. Bu o‘z-o‘zini moliyalashtirish g‘oyasini, shuningdek talabalarni stipendiya orqali rag‘batlantirish tashabbusini o‘z ichiga oldi. Xozirda  hamma talaba bir xil stipendiya olmoqda, ammo bu mutlaqo to‘g‘ri emas.

- Ba’zi toifadagi abituriyentlar  uchun imtiyozlarning saqlanishini qo‘llab-quvvatlaysizmi yoki barchasi uchun shartlar bir xil bo‘lishi kerakmi?

- Albatta, adolat hamma uchun teng sharoitlarni talab qiladi, ammo hozirga qadar biz buni talab qilmaganmiz. O‘z vatanlari oldida burchini o‘tagan va mamlakatni himoya qilgan harbiy xizmatchilar uchun bizda bir qator afzalliklar bor. Agar ular oliy ma’lumot berishni xohlasalar, biz ularni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak.

Ammo yana bir bor, bizning asosiy g‘oyamiz qabul jarayonini iloji boricha soddalashtirish, ammo mashg‘ulotning o‘ziga qo‘yiladigan talablarni yanada qat’iylashtirishdan iborat. Ha, kimdir bu jarayonda o‘qishni tashlar, ehtimol, to‘liq bo‘lmagan oliy ma’lumotli odamga aylanar. Ammo bu normal holat, bu jamiyat uchun og‘riqli emas. Bu faqat kontraktni to‘lagani uchun uni sudrab to‘rtinchi kursgacha olib borgan va diplom olgan mutaxassislarga qaraganda yaxshiroqdir.

- Aytgancha, qabul qilish tartibini soddalashtirish haqida. Hozir juda ziddiyatli test sinovlari kerakmi? Yoki ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha suxbat va maqsadli fan imtihonlari tizimini joriy etish samaraliroqmi?

- O‘z paytida abituriyentlar o‘qishga kirayotganda inson omilini kamaytirish maqsadida testlar joriy qilingan, ammo bu yerda o‘ziga yarasha qiyinchiliklari ham bor. Lekin, o‘ylaymanki, ertami-kechmi yaxshiroq shakllarga o‘tamiz.

Imtihonlar qanday o‘tishi – bu endi alohida jarayonlar. Asosiysi, biz o‘z biznesini ochishi, hayotda o‘z o‘rnini egallashi, balki chet elda ishlashi uchun malakali va talabchan kadrlar tayyorlashimiz kerak. Bunda biz hech qanday salbiy holatni ko‘rmayapmiz, bizda faqatgina ishchilar emas, balki malakali mutaxassislar ham bo‘lishini hohlaymiz.

- Migratsiya masalasi yechimini qanday ko‘rasiz? Siz qanday qo‘llab-quvvatlash choralarini taklif qilyapsiz?

- Aksariyat mamlakatlarda migratsiya o‘ta keskin tarzda qabul qilinadi, ammo bu normal jarayon bo‘lib, unga ehtiyotkorlik va amaliy nuqtayi-nazardan qarash kerak. Biz muhojirlardan va ularning muammolaridan qo‘rqishimiz va cheklanishimiz kerak emas, aksincha bu bilan ishlashimiz kerak. Afsuski, faqat so‘nggi yillardagina ushbu keskin ijtimoiy-iqtisodiy masalaga e’tibor berila boshlandi.

Xorijdagi o‘zbekistonliklar saylovlarda ishtirok etishida yangi tartib

Bizning fuqarolarimiz mehnat shartnomalari bo‘yicha o‘z vatanlaridan tashqarida qonuniy ravishda ishlashlari uchun himoyaga muhtoj. Yana bir muhim jihat - bu ularning ijtimoiy ta’minoti, birinchi navbatda sog‘lig‘ini saqlash. Buning uchun biz tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishimiz kerak, shunda bizning tuzilmalarimiz ishlashi uchun, elchixonalar va konsulliklar har doim har hil holatlarga shay turishlari uchun.

Muammolarni hal qilish kerak, ammo asosiysi tegishli tuzilma va bazani yaratishdir. Masalan, ushbu masalalar bo‘yicha Bosh vazirning maslahatchisi paydo bo‘ldi - bu juda yaxshi. Uning konsullik tajribasini hisobga olgan holda, u ko‘p muammolarni hal qilishda yordam berishi kerak. Qo‘l rejimida bir martalik harakatlar emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri vakolatlarga va majburiyatlarga ega bo‘lgan maxsus organlar bo‘lishi kerak. Agar bizda parlamentdagi ko‘pchilik bo‘lsa, biz birinchi navbatlarda shu qonunni kiritamiz.

- "Adolat" partiyasining O‘zbekistonni turli xalqaro tashkilotlar, tuzilmalar va uyushmalarga, masalan, YeOII yoki JSTga qo‘shilishiga munosabati qanday? Yoki ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga e’tibor qaratish kerakmi?

Biz do‘st bo‘lish va barcha davlatlar bilan, shuningdek, Rossiya, AQSh va Yaponiya bilan faol aloqada bo‘lish istagini qo‘llab-quvvatlaymiz, ammo Markaziy Osiyo hamon ustuvor hisoblanadi. Bizning o‘z hayotimiz, umumiy madaniyatimiz, dinimiz va urf-odatlarimiz, mintaqadagi barcha mamlakatlarga yaqin bo‘lgan muammolarimiz bor.

MSK raisi o‘rinbosari kelayotgan saylovlar nima sababdan tarixga kirishini aytib berdi

Integratsion loyihalarga kelsak, bu oson savol emas - biz 10-yildan beri JSTga kirishga harakat qilmoqdamiz. Shuningdek, YeOIIga a’zo bo‘lish to‘g‘risida faol munozaralar mavjud - ko‘plab pozitsiyalar, fikrlar va urg‘ular. Ishonchimiz komilki,boshqa davlatlar siyosatchilari va ekspertlari emas, balki bizning hukumatimiz, mutaxassislarimiz va iqtisodchilarimiz hammasini o‘lchab, hisoblab chiqishlari kerak. Aynan ular nimaga ega bo‘lishimiz va va qanday yutuqlarga erishishimizni chamalashsin.

Boshlanishiga biz mahsulot ishlab chiqarish va standartlashtirish sohasidagi kechikishni yo‘q qilishimiz kerak. Bizda, ehtimol, faqat avtomobilsozlik sanoati ma’lum standartlarga javob beradi, boshqa sohalarda, ayniqsa oziq-ovqat sanoatida aniq mezon va standartlar yo‘q. Xuddi shu YeOIIda, agar biror mamlakat o‘z hududiga ma’lum mahsulotlarni eksport qilishga ruxsat bermasa, embargo darhol Ittifoqning barcha a’zolariga qo‘llaniladi. Bizda fitosanitariya standartlari va bojxona nazorati - hamma narsa xanuzgacha eski tizimda ishlaydi, zamon talablari va xalqaro tajribani hisobga olgan holda uni qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirish zarur.

Agar biz sheriklar bilan teng sharoitlarda bo‘lsak, bu bizga ijobiy ta’sir qiladi va biz kechikayotgan jabhalarda o‘zimizni yuqoriga ko‘tarishimiz kerak va undan keyingina integratsiya haqida o‘ylashimiz kerak. O‘ylaymanki, yangi yilning dastlabki oylarida barcha nozik tomonlarini muhokama qilish, sarhisob qilish va zarur qarorlarni qabul qilish kerak.

— Siz kichik biznesni rivojlantirishga urg‘u bermoqdasiz. Bu yil ma’lum islohotlar boshlandi, ammo sizningcha, bu sohada yana nima qilish kerak?

— Kichik biznes - bu iqtisodiyotning rivojlanishiga tezda turtki beradigan juda harakatchan iqtisodiy tuzilma. Ha, ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda, ayniqsa soliq sohasida. Qaysidur jixati  tadbirkorlarga salbiy ta’sir qilmoqda, ammo moslashish vaqt talab etadi. Bundan tashqari, kichik biznesning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish kerak: u o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatib qo‘yishi, profilini o‘zgartirishi yoki ish formatini o‘zgartirishi mumkin. Ushbu qiyin o‘tish davrida uni qo‘llab-quvvatlash kerak, masalan, soliq ta’tilini olti oy yoki bir yilga taqdim qilish kerak. Aks holda, tadbirkor uchun iqtisodiy vaziyatga moslashish juda qiyin bo‘ladi.

Grantlar qo‘llab-quvvatlashning yana bir samarali shakli. Xozirda ushbu mexanizm o‘zini nodavlat notijorat tashkilotlari misolida samaradorligini ko‘rsatdi, ammo undan kichik biznes uchun foydalanilmayapti. Agar biz bugun tadbirkorga ozgina yordam bersak, u qisqa vaqt ichida ishlab chiqarish va daromadini o‘nlab barobar ko‘paytirib, davlatga tushum va foyda keltiradi.

Bundan tashqari, kichik biznes bank imtiyozli kreditlariga muhtoj. Ko‘plab tadbirkorlar stavkalar juda yuqori ekanligidan shikoyat qilmoqdalar va qarzlarni to‘lash uchun mablag‘larini tomchilab yig‘ishlari kerak. Agar biz iqtisodiyotning ushbu sohasini qo‘llab-quvvatlamasak, u joyidan jilmay qotadi.

— Sizning partiyangiz boshqa shaxarlardan kelganlarni poytaxtda ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini iloji boricha soddalashtirishga chaqirmoqda. Buni qanday amalga oshirmoqchisiz? Bu Toshkentda haddan tashqari gavjumlikka va zichlikka olib kelmaydimi?

- Aholisi haddan tashqari ko‘p bo‘lgan poytaxtlar - dunyo miqyosida odatiy hol.  Mexiko shahrida taxminan 20 million kishi, Moskvada faqat rasmiy ravishda - 12 milliondan ortiq. Hamma joyda shunday. Toshkentda hozirda 38 ta turli bo‘limlar fuqarolarni taklif qilish va ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega. Xo‘sh, ular soni qancha bo‘lishini nima ahamiyati bor? Inson o‘z mamlakatining fuqarosi, u o‘zi xohlagan joyda va o‘zi uchun foydali bo‘lgan joyda yashash va ishlash huquqiga ega. Hamma ham poytaxtda qolishi, yuqori maoshli ish topishi yoki biznesini boshlashi mumkin emas - kimdir olti oy yashaydi, Qoraqalpog‘istonga yoki Xorazmga qaytib ketadi, masalan, o‘zlari uchun sharoitlarni bir xil deb bilgani uchun. Bundan qo‘rqmaslik kerak - bu vaqtinchalik hodisa. Natijada, har kim o‘zi uchun qayerda yomon va qayerda yaxshi ekanligini tushunadi. Agar biz o‘n yoki undan ortiq bo‘lim va tuzilmalarga ro‘yxatdan o‘tkazish huquqini beradigan bo‘lsak, bu faqat korrupsiya va subyektiv omilni keltirib chiqaradi. Muammo tubdan hal qilinishi kerak.

Ehtimol, bir paytlar bu kabi cheklovlar oqlangan, ammo endi zamonlar o‘zgarmoqda, bizda ochiq siyosat, va bu ochiqlik ushbu masalada ham o‘z ifodasini topishi kerak.

— Saylovdan keyin birinchi navbatda qanday qonunchilik tashabbuslarini ilgari surmoqchisiz?

— Sud-huquq va migratsiya islohotlaridan tashqari, yuqorida aytib o‘tganimdek, bizda ta’limni, shu jumladan, maktab ta’limi sohasini rivojlantirish bo‘yicha aniq dastur mavjud. Bizning maqsadimiz maktab o‘qituvchisi maqomini qonuniy ravishda kuchaytirish va ko‘tarishdir, chunki uning faoliyati ham ta’lim, ham tarbiya bilan bog‘liq. Biz ilgari bo‘lgan o‘qituvchilar uchun ma’lum ijtimoiy imtiyozlarni qaytarishga chaqiramiz.

Xozirda hammaning og‘zida bo‘lgan yana bir dolzarb ijtimoiy mavzu - bu tibbiyot xodimlarini noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilishdir. Faqatgina bu yilning o‘zida tez tibbiy yordam shifokorlariga qariyb 400-marta hujum holatlari qayd etildi. Biz Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritishni ma’qullaymiz, unga ko‘ra shifokorlarga jiddiy hujum uchun uch yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Bu masalada ko‘pchilik bizni, birinchi navbatda, professional tibbiyot hamjamiyati qo‘llab-quvvatladi. Xizmatda bo‘lgan odam yordamga kelsa-da, va unga hujum qilishsa yoki haqorat qilishsa? Bu holat yoshlarni umuman tibbiyotda ishlash istagidan qaytaradi. Bunday munosabatga chek qo‘yilishi kerak va bunda ma’muriy emas, jinoiy javobgarlik qo‘llanilishi kerak.

Umuman olganda, bizda dasturlarning barcha bandlari bo‘yicha aniq takliflar mavjud, ularning ba’zilari bajarilmoqda va ba’zilari ishlab chiqilmoqda. Qanday bo‘lmasin, biz o‘z tashabbuslarimizni amalga oshirishda davom etamiz.