TOShKENT, 18 dek – Sputnik. 26-dekabr kuni O‘zbekistonda Halqasimon quyosh tutilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston fanlar akademiyasi ma’lum qildi.
Xabarda qayd etilishicha, ushbu astronomik hodisani esa respublikaning barcha hududlarida qisman quyosh tutilishi shaklida kuzatish mumkin.
Sayyora zulmatda: Quyoshning to‘la tutilishi – sara suratlar
Quyosh tutilishi tonggi soat 08:00 da boshlanib, 10:06 gacha davom etadi.
Soat 9:00 lar atrofida tutilish maksimum ko‘rinishga ega bo‘ladi va unda quyosh gardishining uchdan bir qismi to‘siladi.