Harbiy siyosatshunos: ayni sharoitda davlatlar uchun o‘zi haqida ma’lumotlarni ochiqlash xavfli

Harbiy siyosatshunoslar uyushmasi a’zosi, "Rossiya ofitserlari" umumrossiya tashkiloti ekspertlar kengashi tashkiloti a’zosi, zaxiradagi podpolkovnik Aleksandr Perenjiyev O‘zbekistonning ochiq ma’lumotlar manbasi xalqaro reytinglardagi yuqori natijalariga izoh berdi
Sputnik

O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar manbalari bo‘yicha Open Data Inception reytingidagi davlatlar top-10taligiga kiritildi. Mamlakat bu reytingda to‘qqizinchi qatorni egalladi. Undan yuqorida faqatgina Yevropaning yetakchi davlatlari va AQSh bor edi.

Rossiyalik ekspert so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatining bunday pozitsiyasi g‘oyat ta’sirlidir, ammo bunday reytinglarning obro‘si masalasi savol tug‘diradi.

"Geosiyosiy raqobat muqarrar bo‘lgan zamonaviy dunyoda ma’lumotni ochiqlash o‘ta xavfli. Bu mudofaa majmualari va aholiga doir ma’lumotlarga ham taalluqli. Ehtimol bu iqtisodiy va bank ko‘rsatkichlari uchun muhimdir, lekin bu yerda ham o‘ziga xos nozik jihatlar bor. RF da misol uchun "harbiy sir". degan tushuncha mavjud. Shunday ekan, bu kabi ma’lumotlarga juda ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish lozim", - dedi Perendjiyev.

Ekspert izohini Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida tinglang.

Harbiy siyosatshunos: ayni sharoitda davlatlar uchun o‘zi haqida ma’lumotlarni ochiqlash xavfli