Yunusoboddagi metro qurilishida yer o‘pirilib tushdi: hozir nimalar ro‘y bermoqda – foto

18 dekabr kuni ertalab Toshkentda metroning Yunusobod yo‘nalishi qurilishi qismi o‘pirilib tushdi. Bunga yomg‘irning surunkali yog‘ishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Ayni damda Toshkentning Yunusobod tumanida yuz bergan voqea joyida amaldorlar, tez yordam brigadasi, FVV va poytaxt IIBB xodimlari bo‘lib turishibdi. O‘t o‘chiruvchilar 250 m3 tuproq o‘pirilib tushishi natijasida hosil bo‘lgan chuqurlikdan suvni chiqarib tashlashmoqda. Chuqurlikdan kichik ekskavatorni olib chiqishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ushbu avariya transport harakatiga ta’sir ko‘rsatmagan. Tuproq o‘pirilib tushgan joy ilgari qurilish maydonchasi sifatida to‘sib qo‘yilgan. Qurilish yaqinidagi “Mega Planet” savdo markazi ham ishini davom ettirmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, yer o‘pirilishi oqibatida ro‘y bergan avariyada jarohatlanganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, hodisa 18-dekabr sodir bo‘ldi. Tuproq o‘pirilib tushishiga yomg‘irning surunkali yog‘ishi sabab bo‘lgan. Bosh vazir birinchi o‘rinbosari Achilboy Ramatov shaxsiy nazorati ostida xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tafsilotlar keyinroq xabar qilinadi.

Sputnik O‘zbekiston hodisani kuzatishda davom etmoqda.