Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parki tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev Nagoya meri Takasi Kavamura bilan uchrashdi. Uchrashuvda shahar delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 18 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Yaponiya Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parki tashkil etishni muhokama qilmoqda.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Nagoya meri Takasi Kavamura bilan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.

Toshkentda yangi "Navro‘z bog‘i" ochildi

“Uchrashuvda Nagoya meriyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Poytaxtimiz Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish, iqtisodiyot, sanoat, transport, ta’lim, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda innovatsion loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan”,  - deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, 2020-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib olingan.

Shuningdek, uchrashuv so‘ngida Toshkent hokimligi va Nagoya meriyasi o‘rtasida Sheriklik to‘g‘risida bitim imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Aichi prefekturasi gubernatori bilan uchrashgani xabar qilingan edi.