Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishi qurilishida avariya sodir bo‘ldi

Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasida qurilish ishlari olib borilayotgan ochiq uchastkada avariya holati yuz berdi.
Sputnik

TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Bugun, 18-dekabr kuni Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasida qurilish ishlari olib borilayotgan ochiq uchastkada avariya holati yuz berdi, deb xabar qildi "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Bosh vazir birinchi o‘rinbosari Achilboy Ramatov shaxsiy nazorati ostida xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

“Bugun, 18-dekabr soat 10.00 atrofida Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining yangi qurilayotgan qismida yomg‘irning surunkali yog‘ishi oqibatida tahminan 250 m3 tuproq o‘pirilib tushgan”, - deyilgan FVV xabarida.

Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, pudratchi qurilish tashkilotlarining kuch va vositalari yordamida yuzaga kelgan holat bartaraf etilmoqda.

Ayni paytda talofat va jabrlanganlar yuzasidan aniqlik kiritilmoqda.