SSV Toshkentdagi metro qurilishida yuz bergan yer o‘pirilishi yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Ta’kidlanishicha, voqea guvohi bo‘lgan 1975-yil tug‘ilgan qashqadaryolik ushbu holatdan qattiq stress holatiga tushgan.
Sputnik

TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yo‘nalishi qurilishida yer o‘pirilishi oqibatida ro‘y bergan avariyada jarohatlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea joyiga zudlik bilan tibbiyot xodimlaridan iborat tezkor brigadalar jalb qilingan.

Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishi qurilishida avariya sodir bo‘ldi

“Hozircha hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Voqea guvohi bo‘lgan 1975-yil tug‘ilgan qashqadaryolik B.M. ushbu holatdan qattiq stressga tushgan”,  - deyiladi xabarda.

Ayni paytda unga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Xabarda voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotgani qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yo‘nalishi qurilishida yer o‘pirilishi oqibatida avariya sodir bo‘lgani xabar qilingan edi.