UzAuto Motors avtomobillarini Saudiya Arabistoniga eksport qilishi mumkin

Caudiyaliklar UzAuto Motors mahsulotlarini o‘z mamlakatlari bozorida ilgari surishga qiziqish bildirishmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. “O‘zavtosanoat“ AJda Saudiya Arabistoni Qirolligi kompaniyasi vakillari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazildi.

UzAuto Motors yangi yil arafasida chegirma e’lon qildi

UzAuto Motors​ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida saudiyaliklar UzAuto Motors mahsulotlarini o‘z mamlakatlari bozorida ilgari surishga qiziqish bildirishgan.

Qayd etilishicha, muzokaralar asosida kompaniya rahbari hamkorlik shartlarini muhokama qilishga va kelgusida dilerlik kelishuvini imzolashga tayyor ekanligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarusda Ravon avtomobillari sotilishi boshlangani xabar qilingan edi.