TIV Xabarovskda migrantlarning ommaviy hibsga olingani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, 12-dekabr kuni bir nechta shahar avtobuslari haydovchilari migratsiya xizmati tekshiruvi vaqtida qo‘lga olingan.
Sputnik

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi Xabarovsk shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan migrantlar, jumladan, O‘zbekiston fuqarolarining ommaviy hibsga olingani to‘g‘risida tarqalgan xabarni tekshirmoqda.

Rossiyaning yana bir viloyatida migrantlarning jamoat transportini haydashi taqiqlandi

Avvalroq mahalliy OAVlar 12-dekabr kuni bir nechta shahar avtobuslari haydovchilari migratsiya xizmati tekshiruvi vaqtida qo‘lga olingani haqida xabar tarqatishgan edi.

“Vaziyat Bosh konsulxona nazorati ostida”,  - deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Uzoq Sharq federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.