TOShKENT, 17 dek – Sputnik. Qarzdorlarning bank yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi barcha hisob raqamlari, saqlashga qo‘yilgan pul mablag‘lari va o‘zga qimmatliklari to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, ular qonunga muvofiq xatlanadi.
Bu haqda bugun 17-dekabr kuni AOKA agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda ta’kidlab o‘tildi.
Buro direktori o‘rinbosari Sh.Haydarovga ko‘ra, qarzdorga tegishli banklar va yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi mablag‘lar Buro davlat ijrochilari qarori bilan xatlanishi, bu vaqt davomida jismoniy shaxslarning hisob raqamlari, shu jumladan plastik kartochkasidagi mablag‘lariga band solinishi mumkin.
Buro davlat ijrochisi tomonidan qarzdordan mavjud bo‘lgan mablag‘lar undirilsagina hisobraqamlarga va plastik kartochkalarga qo‘yilgan bandlar ham bekor qilinadi. Shuningdek, bu haqda tomonlar xabardor qilinadi.