“Paxtakor” stadioni Osiyo chempionlar ligasida muxlis yig‘ish borasida oltinchi bo‘ldi

Stadiondagi har bir uchrashuvga o‘rtacha 24972 nafardan muxlislar kelgan. Bu esa Eron grandlari “Istiqlol” va “Persepolis”dan keyin mintaqada eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Sputnik

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. “Paxtakor” stadioni Osiyo chempionlar ligasida muxslis yig‘ish borasida oltinchi bo‘ldi.

“Paxtakor” Chempionlar Ligasida uy o‘yinlariga ishqibozlar tashrifi bo‘yicha G‘arbiy mintaqada uchinchi o‘rinda joylashgan. Stadionimizdagi har bir uchrashuvga o‘rtacha 24972 nafardan muxlislar kelgan. Bu esa Eron grandlari “Istiqlol” va “Persepolis”dan keyin bizning mintaqada eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Butun Osiyoda esa Chempionlar Ligasida “Paxtakor” kuchli oltilikda turibdi”,  - deyiladi klub xabarida.

“Paxtakor” stadionini nima kutmoqda – klub javobi

Ta’kidlanishicha, Xitoyning “Guanchjou Evergrand” va “Beyjing Goan”, Yaponiyaning “Urava Reds” klublarida ham bu borada ko‘rsatkich yaxshiroq.

Bundan tashqari, poytaxt stadioni 2019-yil Superligada muxlis yig‘ish borasida yaxshi natija qayd etib, ikkinchi pog‘onadan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi "Paxtakor" markaziy stadionining buzilishiga nisbatan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan bo‘layotgan e’tirozlarga javob bergani xabar qilingan edi.