Moskalkova noqonuniy migrantlarning yagona ma’lumotlar bazasini yaratishga chaqirdi

Rossiyalik ombudsmen noqonuniy migratsiya muammosiga e’tibor qaratib, Yevroosiyo davlati chegaralarida yagona axborot bazasini yaratish zarurati yuzaga kelganini aytdi. Bu, avvalo, migrantlarning o‘ziga yordam beradi.
Sputnik

TOShKENT, 17-dekabrya - Sputnik. Rossiya prezidentining inson huquqlari bo‘yicha maslahatchisi Tatyana Moskalkova noqonuniy migrantlarning yagona ma’lumotlar bazasi o‘ziga kirishga taqiq qo‘yilganidan bexabar kishilarni duch keladigan muammolardan ogohlantirishga yordam beradi deb hisoblaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Sobiq SSSR aholisiga Rossiya fuqaroligini olishni osonlashtirish kerak – ombudsmen

“Noqonuniy migratsiya muammosi alohida dolzarbligicha qolmoqda. Yevroosiyo davlati chegaralarida noqonuniy migrantlarning kirishiga cheklov qo‘yilgani haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan yagona axborot bazasini yaratish zarurati yuzaga kelgan. Ba’zan kishi unga kirish taqiqlanganini bilmaydi: u chegaraga keladi va qiyin ahvolda qoladi. Biz bunday kishilarni himoya qilmoqchimiz”,  - dedi Moskalkova.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston fuqarolaridan 480 000 kishiga Rossiyaga kirishga taqiq qo‘yilgani xabar qilingan edi.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, ikki va undan ortiq marta ma’muriy huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan xorijiy fuqaroga nisbatan Rossiya hududiga kirishga 3-yil muddatga taqiq qo‘yilishi mumkin.

Agar xorijiy fuqaro, ushbu taqiqni buzib, Rossiya hududiga noqonuniy yo‘l bilan kirib kelishga urinsa, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, yanada qattiqqo‘l jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin.

Shuning uchun Rossiyaga kelishni rejalashtirayotgan fuqarolar, birinchi navbatda Rossiya migratsiya xizmatining rasmiy saytida o‘zlariga nisbatan taqiq qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganini tekshirishlari kerak.