Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiyada qanday kutib olindi

Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr kuni Yaponiyaga rasmiy tashrif dasturidagi birinchi manzil - Nagoya shahriga keldi.
Sputnik

TOShKENT, 17 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr kuni Yaponiyaga rasmiy tashrif dasturidagi birinchi manzil - Nagoya shahriga keldi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiyada qanday kutib olindi

Tubu xalqaro aeroportida davlat rahbarini Yaponiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sinichi Nakatani, Nagoya shahri meri Takasi Kavamura va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiyada qanday kutib olindi

Tashrifning asosiy tadbirlari 18-dekabr kuni boshlanadi. 

Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiyada qanday kutib olindi

O‘zbekiston prezidenti Nagoya va Tokio shaharlarida qator ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar o‘tkazadi.

Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiyada qanday kutib olindi

Nagoyada Aichi prefekturasi va shahar meriyasi rahbarlari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Nagoya universitetiga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.

Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiyada qanday kutib olindi

Shu kuniyoq Yaponiya Bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Aso, "O‘zbekiston-Yaponiya" parlamentlararo do‘stlik ligasi faollari hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.