O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida mobil ilova ishga tushiriladi

Tamaki hamda spirtli ichimliklarning noqonuniy savdosiga guvoh bo‘lgan fuqarolar bevosita holatni suratga olib, mobil ilova orqali Davlat soliq qo‘mitasiga yuborishlari mumkin bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 16 dek – Sputnik. O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar orasida tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar noqonuniy savdosini oldini olish maqsadida mobil ilova ishga tushadi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan navbatdagi matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Avtobusda tamaki chekkan haydovchiga chora ko‘rildi

Bugun 16-dekabr kuni AOKAda, voyaga yetmaganlar orasida tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni noqonuniy sotilishining oldini olish yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasining Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Akromxon A’zamxonovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida mobil ilova ishga tushirilmoqda.

Tamaki hamda spirtli ichimliklarning noqonuniy savdosiga guvoh bo‘lgan fuqarolar bevosita holatni suratga olib, mobil ilova orqali Davlat soliq qo‘mitasiga yuborishlari mumkin bo‘ladi.

Mobil ilova orqali kelib tushgan ma’lumotlar soha mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, sodir etilgan huqubuzarlik yuzasidan qonun doirasida tegishli chora ko‘riladi.

Mobil ilovaning tashkil etilishidan maqsad, tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar noqonuniy savdosining oldini olishga bevosita jamoatchilik hissasini qo‘shishdan iboratdir.