Jamoat joylarida chekuvchilardan qancha jarima undirilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilgan 145 957 nafar fuqarolardan davlat foydasiga 4 mlrd 883 mln 650 ming 793 so‘m jarimalar undirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 16 dek – Sputnik.  Jamoat joylarida chekuvchi kashandalar davlat foydasiga 4 mlrd 883 mln 650 ming 793 so‘m jarima to‘ladi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.

O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida mobil ilova ishga tushiriladi

O‘zbekistonda jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilgan 145 957 nafar fuqarolardan davlat foydasiga 4 mlrd 883 mln 650 ming 793 so‘m jarimalar undirilgan. Bu haqda AOKAda IIV tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Berdialiyev ma’lum qildi.   

Bundan tashqari Toshkentda yuz bergan 25 612 ta holatda MJTKning 187-moddasi buzilgan. Ushbu ko‘rsatkich respublika bo‘yicha 119 526 holatni tashkil etib, huquqbuzarlardan davlat hisobiga 3 mlrd 84 mln 634 mingdan ortiq jarima undirilgan.

Fuqarolarning xonaki usulda o‘tkir spirtli ichimliklarni tayyorlash va sotish holatlari bo‘yicha esa Respublika bo‘yicha 194  holat kuzatilgan. Mazkur holatlar Toshkent viloyatida 16 ta, Jizzaxda esa 105 tani tashkil etgan.

Tamaki hamda spirtli ichimliklarning noqonuniy savdosi yuzasidan esa 550 ta holat aniqlanib, huqubuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun vakolatli idoralarga yuborilgan.

Shuningdek, ta’lim, sport va diniy muassasalaridan ikki yuz metrdan kam radiusda alkogol savdosini amalga oshirgan 697 ta yuridik hamda 1812 nafar jismoniy shaxslar rasman ogohlantirilgan.