Erdog‘an AQShga po‘pisa qildi

Turkiya prezidenti Anqara Injirlik va Kurejik bazalarini AQSh sanksiyalariga javoban yopishi mumkinligini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 16 dek - Sputnik. Turkiya prezidenti Tayyib Erdog‘an Anqara Injirlik va Kurejik bazalarini AQSh sanksiyalariga javoban yopishi mumkinligini ma’lum qildi.

Turkiya mudofaa vaziri Anqarani S-400 xarid qilishga nima majburlaganini tushuntirdi

“Har ikkala tomon uchun ham AQSh bizning munosabatlarimizda tuzatib bo‘lmaydigan qadamlarni tashlamasligi juda muhimdir. Albatta, Turkiya AQShning har qanday sanksiyalariga javob qaytaradi. Biz o‘tirib hal qilamiz. Kerak bo‘lsa, Injirlikni ham, Kurejikni ham yopamiz”, - deya Turkiya yetakchisi so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Turkiya janubida joylashgan Adanadagi Injirlik aviabazadan Amerika harbiy-havo kuchlari foydalanib keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li agar AQSh Turkiyaga qarshi sanksiya kiritsa, kun tartibiga Injirlik va Kurejik bazalariga oid masalalar chiqishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.