Energetika vazirligida birdaniga 3 boshqarma boshlig‘i o‘zgardi

Moliyaviy oqimlar va narx siyosatini muvofiqlashtirish, Metodologiya va litsenziyalash, Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlangan.
Sputnik

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 3 boshqarma boshlig‘i o‘zgargan.

Azamat Akmalovich Abdurahmonov  Energetika vazirligining Moliyaviy oqimlar va narx siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi

U bunga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasini sotishni hisobga olish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Ilhom Anvarovich Nimatullayev O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Metodologiya va litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Nimatullayev bunga qadar Energetika vazirligining Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Abdumalik Abdusalimovich Nazirov  vazirlikning Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.