TOShKENT, 16 dek – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 17-dekabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Ketma-ket ko‘tarilib kelayotgan dollar 5,15 so‘mga arzonlashgan. 1 AQSh dollari 9532,40 so‘mni tashkil etmoqda.
Dollar tushdi – valyuta kurslari
© Press-slujba SB RUz
Yevro kursida ham ketma-ket ko‘tarilish kuzatilmoqda. O‘tgan hafta qimmatlashgan yevro bu hafta ham birdaniga 53,41 so‘mga qimmatlashgan. 1 yevro 10 599,08 so‘mni tashkil qilmoqda.
Rubl ham qimmatlashishda davom etmoqda. Bu hafta 1,69 so‘mga qimmatlashdi. 1 rubl 151,57 so‘mni tashkil qilmoqda.