Toshkentda turistik politsiya aldangan xorijlikka yordam berdi

Mehmonxonada oldindan 3 kunlik to‘lovni to‘lagan mehmonning zudlik bilan Samarqandga ketishi kerak bo‘lib qoladi. Mehmonxona ma’muriyati unga ikki kunlik to‘lovni qaytarmayman deb turib oladi.
Sputnik

TOShKENT, 15 dek – Sputnik. O‘zbekistonga tijorat qilish maqsadida kelgan chet el fuqarosi mehmonxonada yuzaga kelgan muammo tufayli turistik politsiyasiga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Bu haqda IIBB xabar qildi.

Umraga yuborilgan 14 nafar ziyoratchining vizasi soxta bo‘lib chiqdi

Ma’lum bo‘lishicha, xorijlik mehmon mehmonxonada yashash uchun uch kunlik to‘lovni oldindan to‘lagan. Ammo ertasi kuni u tezda Samarqandga ketishi kerak bo‘lib qoladi. Mehmon ma’muriyatga qayta hisob-kitob qilib, ikki kunlik to‘lovni qaytarib berishlarini so‘ragan, biroq rad javobini olgan.

Natijada mehmon Toshkent shahar IIBB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga yordam so‘rab murojaat qilgan.

Xabarda boshqarma ofitserlari voqea joyiga yetib borgani qayd etilgan. Muammo o‘rganib chiqilgach, mehmonxona ma’muriyati mehmonga uning pullarini qaytarib bergan.