Ulkan pissani tayyorlashga 60 kilogramm xamir va pishloq kerak bo‘ldi. Shuningdek, 30 litr qayla sarflandi. Avvaliga 35 metrli pissa pishirish rejalashtirilgan edi, biroq natijada mo‘ljallangan o‘lchamdan ko‘ra uzunroq tayyorlashga erishildi.
Italiyaliklar ham ip esholmaydi: Toshkentda ulkan pissa tayyorlandi – video
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Qishning sovuq havosiga qaramasdan O‘zbekiston poytaxtida minglab toshkentliklar to‘rt soat davomida pissani pishishini kutishdi. Ularning kutganlari zoe ketmadi. Qaynoqqina va mazali pissa barchaga ulashishdi. Birinchi navbatda bolajonlar tatib ko‘rib, baho berishdi.
Sputnik O‘zbekiston lavhasida yorqin bayramning tafsilotlarini tomosha qiling.