TOShKENT, 15 dek – Sputnik. Toshkentda fuqaroni firibgarlik yo‘li bilan chuv tushirgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
IIBB xabariga ko‘ra, Mirobod tumani IIO FMBga 28 yoshli Z.A. firibgarning tuzog‘iga ilinib, pul va tilla taqinchoqlaridan ayrilgani aytib, shikoyat qilgan.
Qizning so‘zlariga ko‘ra, 20 yoshli V.A. unga bir yigitni “isitib” berishni va’da qilgan. Xizmatlari evaziga undan 450 ming so‘m va umumiy qiymati 32,8 mln so‘mlik tilla taqinchoqlarini olgan.
Ammo folbin o‘z va’dasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston JKning 168-moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.