O‘zbekistonga yomg‘irli sovuq va nam havo oqimlari kiradi

Yakshanba kuni sovuq havo yog‘ingarchilikni surib chiqaradi, tungi va ertalabki soatlarda tuman hosil bo‘lib, ayrim joylarda ko‘rinish yomonlashishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 14 dek - Sputnik. O‘zgidromet yakshanba kuni mamlakatda qanday ob-havo hukm surishini e’lon qildi.

Xabarda aytilishicha, ertaga O‘zbekiston hududiga ayrim joylarda qorga aylanadigan yomg‘irli sovuq va nam havo oqimlari kiradi.

"Haroratning sutkalik o‘zgarishi unchalik katta bo‘lmaydi, kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi esa 3-5 daraja iliqdan oshmaydi, bu oyning shu kuni uchun xos bo‘lgan harorat meyoridan 3-5 darajaga pastdir", - deyilgan xabarda.

Yakshanba kuni sovuq havo yog‘ingarchilikni surib chiqaradi, tungi va ertalabki soatlarda tuman hosil bo‘lib, ayrim joylarda ko‘rinish yomonlashishi mumkin. Tungi sovuq 3-5 darajagacha yetadi, kunduzi harorat 0-5 daraja iliq atrofida bo‘lib, avvalgidek kun meyoridan past.