O‘zbekistondagi eng katta poligonda dala-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

“Kattaqo‘rg‘on” okrug dala-o‘quv maydonida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy qismlarining reaktiv artilleriya batareyasi bilan jangovar otish bo‘yicha taktik o‘quvlari bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 dek – Sputnik. Mudofaa vazirligiga qarashli “Kattaqo‘rg‘on” okrug dala-o‘quv maydonida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy qismlarining reaktiv artilleriya batareyasi bilan jangovar otish bo‘yicha taktik o‘quvlari bo‘lib o‘tdi.

"Divizion komandirlari o‘quv rahbarligida mashg‘ulot o‘tash uchun yo‘l olgan harbiy texnikalarning kolonna bo‘lib harakatlanish chog‘ida zaharlangan va minalashtirilgan hududlardan o‘tish mashqlarida harbiy xizmatchilar yana bir karra toblanishdi.

O‘zbekistondagi eng katta poligonda dala-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

122 mmli artilleriya gaubitsasi, 152 mmli artilleriya pushkasi hamda 122 mmli reaktiv artilleriya qurollaridan jangovar o‘t ochish chog‘ida qo‘qqisdan dushman hujumi sodir etilganda uning oldini olish amaliyotlari ham harbiylarning jangovar shayligini oshirishda muhim omil bo‘ldi", - deyilgan xabarda.

O‘zbekistondagi eng katta poligonda dala-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Mashg‘ulotlar jarayonida artilleriya qurollaridan belgilangan nishonlar aniqlik bilan yo‘q qilindi.