Xorazmning Lazgisi YuNESKO ro‘yxatiga kiritildi

"Lazgi", baxshichilik san’ati, milliy kurashlar - YuNESKOning Insoniyat nomoddiy boyliklari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 13 dek - Sputnik. YuNESKO “Lazgi” raqsini Insoniyat nomoddiy boyligi ro‘yxatiga kiritdi, deb xabar qildi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.

Xorazmning “Lazgi” raqsi O‘zbekiston madaniy boyligi elementi sifatida YuNESKOning Insoniyat nomoddiy boyliklarining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi, - deyilgan xabarda.  

Ushbu qaror YuNESKOning nomoddiy boyliklarni qo‘riqlash hukumatlararo qo‘mitasining Kolumbiya poytaxti Bogotada bo‘lib o‘tgan 14-sessiyasida qabul qilingan.

Ushbu anjumanda O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi U.Shadiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegsiyasi ishtirok etgan. Tadbir doirasida “Lazgi” raqsining prezentatsiyasi bo‘lib o‘tgan. Shuningdek O‘zbekistonda mavjud boshqa nomoddiy boyliklar, xususan “Baxshichilik” san’ati hamda milliy kurash uslublarini ham YuNESKO ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha takliflar bildirilgan.