Yaponiya bilan hamkorlikda Toshkentda texnopark tashkil qilinadi

Yaponiyaning Nagoya shahri bilan hamkorlikda Toshkentda yangi, yuqori texnologiyalar parki tashkil qilinadi.
Sputnik

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Yaponiya bilan  hamkorlikda Toshkentda yangi yuqori texnologiyalar parki tashkil qilinadi. Bu haqida AOKA axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra texnopark Yaponiyaning Nagoya shahri bilan hamkorlikda tashkil qilinadi. Ushbu haqida  12-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning Nagoya shahri meri Takasi Kavamurani qabul qilib, aynan shu xususda kelishib olingan.  

“Nagoya shahri Yaponiyaning eng yirik sanoat va ilmiy markazlaridan biri bo‘lib, u bilan hamkorlik turli o‘zaro manfaatli dastur va loyihalarni amalga oshirishga yo‘l ochadi”,- deyiladi xabarda.

Shu maqsadda uchrashuvda avtomobilsozlik, shaharsozlik, to‘qimachilik, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, turizm va boshqa yo‘nalishlarda yaqin ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilingan.

Shuningdek, poytaxtda Yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish borasida so‘z yuritilib, istiqbolli dasturlarni amalga oshirish uchun "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib olingan.