Uzmobile GSM yana 236ta yangi baza stansiyasini ishga tushirdi

Uzmobayl kompaniyasi 2019-yilning 11 oyi davomida O‘zbekistoda 1324ta obyektda 3533 ta baza stansiyasini ishga tushirdi. Ulardan 800tasi qishloq joylarida joylashgan.
Sputnik

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Uzmobile GSM kompaniyasi so‘nggi 2 oy ichida butun O‘zbekiston bo‘ylab 84ta obyektda 236ta yangi GSM aloqasi bazaviy stansiyalarini ishga tushirdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Xususan, Qoraqalpog‘istonda - 2ta, Andijon viloyatida – 5ta, Buxoro viloyatida – 2ta,  Jizzaxda – 5ta, Qashqadaryoda – 14ta, Namanganda – 1ta, Samarqandda – 6ta, Surxondaryo viloyatida – 3ta, Toshkent viloyatida – 7ta, Toshkent shahrida – 21ta, Farg‘ona viloyatida – 14ta, Xorazm viloyatida – 4ta baza stansiyalari o‘rnatildi.

Shunday qilib 2019-yilning 11 oyi davomida O‘zbekistoda ishga tushirilgan obyektlar soni 1324taga, baza stansiyalari soni 3533taga yetdi. Ushbu stansiyalardan 800tasi qishloq joylarida joylashgan, - deyilgan kompaniya xabarida.

Bundan tashqari, Uzmobile CDMA tarmog‘ini kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun 1x va EVDO texnologiyalari bo‘yicha yangi baza stansiyalari o‘rnatildi.

Yangi antenna-machta inshootlari, baza stansiyalari va zamonaviy uskunalarning o‘rnatilishi xizmatlarning sifatini oshirishga hamda aloqa hududini yaxshilshga imkon beradi, shuningdek yanada tezkor mobil Internet texnologiyalarini joriy etish uchun xizmat qiladi.