Toshkentda yana bir narko-apteka aniqlandi

Toshkent aptekalarida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarnining noqonuniy sotilishiga qarshi kurash davom etmoqda - IIBB yana bir narko-aptekani aniqladi.
Sputnik

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. Toshkentda inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” yoki “Regapen” dorilarining retseptsiz sotayotgan apteka aniqlandi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

Narkotik sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan dorilar qattiq nazorat ostiga olinadi

Narkotik vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan tadbir davomida Uchtepa tumani 14-kvartal dahasida joylashgan “Registon farm” MChJ ishchisi xaridordan maxsus retsept talab qilmasdan unga kuchli ta’sirga ega dori vositalarini sotayotgani aniqlangan.

Shuningdek, dorixona ko‘zdan kechirilganda 193 ta “Regapen” tabletkalari, 140 flakon “Tropikamid” va 1100 ta tabletka “Karbamazepin” topilgan. 

To‘plangan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Departamentga topshirilgan. Ayni damda ushbu holat yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

IIBB fuqarolardan ana kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni retseptsiz sotish holatlaridan xabardor bo‘lganda 102 yoki 71-232-30-40, 71-232-40-50 raqamlariga xabar berishni so‘ragan.