TOShKENT, 12 dek – Sputnik. O‘zbekistonga snayper miltig‘ining optik nishonga olish moslamasini olib kirishga uringan shaxs to‘xtatildi, deb xabar qildi DBQ matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan piyoda kirib kelgan fuqaro D.Yo. ning yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Fuqaro O‘zbekistonga snayper miltig‘ining nishonga olish moslamasini olib kirishga urindi
Natijada, ushbu shaxs yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 1 dona “Dragunov snayperlik miltig‘i”ning optik nishonga olish moslamasini yashirib olib o‘tayotganligi fosh qilindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.