Tramp: Rossiya bilan munosabatlarning yaxshilanishi savdo-sotiqni mustahkamlashga imkon beradi

AQSh prezidenti Rossiya bilan munosabatlarning yaxshilanishi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiqni mustahkamlashga imkon berishini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan munosabatlarning yaxshilanishi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiqni mustahkamlashga imkon berishini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti Oq uy bayonotiga tayanib xabar qilmoqda.

Lavrov Tramp bilan qaysi mavzularni muhokama qilganini aytdi

Ta’kidlanishicha, Amerika yetakchisi buni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida aytgan.

“Prezident Rossiya bilan munosabatlarning yaxshilanishi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiqni kengaytirishga imkon berishini ta’kidladi”, - deyilgan Oq uy xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan Vashingtonda bo‘ldi. Tashrif davomida Donald Tramp va AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan muzokaralar o‘tkazdi. Lavrov Donald Tramp bilan muzokaralar o‘zaro tushunish muhitida o‘tgani va tomonlar qator dolzarb muammolarni muhokama qilganlarini ma’lum qildi.