Begtin: raqamli hujjat aylanishiga o‘tish – O‘zbekiston uchun qiyin vazifa

“Axborot madaniyati” ANT direktori Ivan Begtinning so‘zlariga ko‘ra, qog‘oz ko‘rinishi o‘rnidagi raqamli hujjatlar ham qattiq disk singan vaqtda yo‘qolib ketishi mumkin.
Sputnik

“Axborot madaniyati” ANT direktori Ivan Begtin Sputnik radiosi efirida qog‘oz ko‘rinishidan raqamli hujjat aylanishiga o‘tishda O‘zbekiston qanday xavf-xatarga duch kelishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Uning fikriga ko‘ra, odatdagi qog‘oz ko‘rinishidagi ma’lumotlarni elektron tizim orqali avtomatlashtirish mumkin. Biroq, har qanday holatda ham jarayonlarning o‘zini o‘zgartirish lozim.

Begtin zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish lozim deb hisoblaydi.

“Elektron imzo qanday tuzilganini tushunish lozim bo‘ladi. Bu kundalik ish odatlarining o‘zgarishidir. Qolaversa, hujjatlarni qog‘oz va raqamli ko‘rinishda arxivlashtirish kuchli farqlanishini tushunish kerak. To‘g‘ri, raqamli hujjatlar yonmaydi, lekin noto‘g‘ri saqlash yoki sinib qolgan qattiq disk tufayli yo‘qolib qolishi yoki yo‘q bo‘lib ketishi mumkin”,  -deya qo‘shimcha qildi u.

Begtinning fikriga ko‘ra, raqamli hujjat yuritishga o‘tishning barcha xavf-xatarlarini inobatga olmoq kerak.

Yangi yildan boshlab 28 ta ma’lumotnoma so‘rash tartibi bekor qilindi

“Hozirda faqat qachon va qanday qilib o‘tish masalasi turibdi. O‘zbekiston – katta mamlakat va bu qiyin vazifa” – dedi u.

U Rossiyada ham barcha organlar haligacha bu tizimga o‘tmaganini qo‘shimcha qildi. Chunki bu uzoq davom etadigan og‘riq jarayondir.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev tegishli davlat organlari 2021-yil 1-yanvarga kelib qog‘oz ko‘rinishidagi blanklar, shakllar va jadvallarni to‘ldirishdan to‘liq voz kechishlari to‘g‘risida topshiriq bergan edi.

2020 yil 1-martga qadar Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyati bo‘yicha zarur hisobotlarni real vaqt rejimida tuzish hamda barcha davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini kiritish topshirilgan.