Afg‘onistonda NATO aviabazasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi

Afg‘onistonning Bagram tumanida NATO aviabazasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Afg‘onistonning Bagram tumanida NATO aviabazasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va 62 kishi jarohatlandi. Bu haqda RIA Novosti Tolo News telekanaliga asosan xabar qildi.

General Do‘stum Afg‘oniston shimoliga keng ko‘lamli yurish boshladi

Bugun ertalab Parvan viloyatida  joylashgan NATO aviabazasi yaqinida mashina portladi. Bundan tashqari, no’malum shaxslar otishmani boshladi. Hujum harbiy baza yaqinidagi shifoxonaga qaratildi.

Hozircha viloyatda faoliyat ko‘rsatadigan bironta guruh bu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.