AQSh Eronga qarshi yangi sanksiya kiritdi

AQSh Eron bo‘yicha sanksiyalarni kengaytirdi va ro‘yxatga Mahan Air aviakompaniyasi va uning o‘nlab samolyotlari kiritildi.
Sputnik

TOShKENT, 11 dek – Sputnik. AQSh Eron bo‘yicha sanksiyalarni kengaytirdi va ro‘yxatga Mahan Air aviakompaniyasi va uning o‘nlab samolyotlari kiritildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.  

Eron turk qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni talab qildi

Shuningdek, ro‘yxatga AQSh bir nafar Eron fuqarosi va Eron, Xitoy va BAAdan beshta kompaniya, shuningdek, ikki dona suv kemasi qo‘shildi.

Bundan tashqari, "terrorizmni qo‘llab-quvvatlash" degan gumon bilan qamalgan Mahan Air yangi ro‘yxatga "ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishidagi aniq vazifasi" uchun kiritildi.

"Eron rejimi aviatsiya va yuk tashish sanoatidan mintaqaviy terroristik tarmoqlar va qurollanganlarni qo‘llab-quvvatlashda foydalanadi, bu bilan Suriya va Yamandagi halokatli gumanitar inqirozga bevosita hissa qo‘shadi", - dedi AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin.

Sanksiyalar ro‘yxatiga Eron fuqarosi Abdulhusayn Hedri, Islomiy inqilob qo‘riqchilari korpusiga yetkazib berishda ishtirok etganini va Xedri nazoratidagi kompaniyalar ham shunday qilganini aytdi.

Sanksiyalar ro‘yxatiga Yaqin Sharq va Osiyodagi uchta kichik firmasi Mahan Air aviakompaniyasi kiritilgan.

AQSh yurisdiksiyalaridagi sanksiya kompaniyalarining mulki bloklanadi va AQSh fuqarolariga ular bilan muomala qilish taqiqlanadi.