O‘zbekistonda xorijliklar uchun ro‘yxatdan o‘tish tartibi bekor qilishini mumkin

O‘zbekistonda 2020-yil 1-iyuldan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni viza (vizasiz) rejim muddatida ro‘yxatdan o‘tish tartibini bekor qilish taklif qilinmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. O‘zbekistonga kirib kelayotgan xorijliklar uchun ro‘yxatdan o‘tish tartibini bekor qilish taklif qilinmoqda.

“Turizm sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yilgan. Qonun loyihasi Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2020-yil 1-iyuldan O‘zbekiston hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni viza (vizasiz) rejim muddatida, lekin o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatga ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Ushbu qonun loyihasi 24-dekabrga qadar muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilgani xabar qilingan edi.