Putin WADAning Rossiyani chetlatish bo‘yicha qarorini siyosiylashgan, deb atadi

Rossiya yetakchisi so‘zlariga ko‘ra, bu qaror zamirida "sport manfaati va olimpiya harakatiga umuman aloqasi bo‘lmagan, siyosiy tusga ega o‘y-fikrlar yotibdi".
Sputnik

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Rossiyaga nisbatan qarorini siyosiylashtirilgan, deb atadi. Bu haqda R-Sport xabar bermoqda.

“Ahmoqona qaror”: WADA qarori yuzasidan sport afsonalarining fikri

Dushanba kuni WADA rossiyalik sportchilarni xalqaro musobaqalar, shu jumladan, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlaridan to‘rt yilga chetlashtirdi. Faqatgina neytral maqomda musobaqada qatnashadigan "toza" rossiyalik sportchilar bu musobaqalarga kiritiladi.

"Rim huquqi davridan buyon shunday qoida bor <...> Jazo kollektiv xarakterga ega bo‘lishi mumkin emas va ma’lum qoidabuzarliklarga aloqasi bo‘lmagan odamlarga bu jazo turi ta’sir etishi mumkin emas - va hamma buni yaxshi tushunadi. O‘ylaymanki, WADA mutaxassislari ham buni tushunadilar", - dedi Putin "normand to‘rtligi" sammiti yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.

Rossiya yetakchisi so‘zlariga ko‘ra, bu qaror zamirida "sport manfaati va olimpiya harakatiga umuman aloqasi bo‘lmagan, siyosiy tusga ega fikrlar yotibdi".

"Yuzada qalqib turgan, men darhol ko‘rgan narsa haqida aytmoqchiman - Rossiya milliy olimpiya qo‘mitasiga hech qanday e’tiroz yo‘q, e’tiroz yo‘q ekan, demak, mamlakat o‘z milliy bayrog‘i ostida chiqishi kerak. Olimpiya xartiyasi shuni talab etadi", – dedi prezident.