Peterburg metrosida terakt uyushtirganlar ustidan hukm o‘qildi

Sankt-Peterburg metrosining "Sennaya ploshad" va "Texnologicheskiy institut" bekatlari orasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 16 kishi kishi halok bo‘lgan. Teraktning asosiy ayblanuvchisi umrbod ozodlikdan mahrum qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Sud  Peterburg metrosida terakt uyushtirish ishi bo‘yicha asosiy ayblanuvchi Abror Azimovni umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Ikkinchi g‘arbiy okrug harbiy sudi Azimovni terrorchilar uyushmasida ishtirok etish va tanishlarini unga jalb etish, terakt uyushtirish, noqonuniy qurol aylanmasi hamda portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarni tayyorlash, saqlash va tashishda aybdor deb topgan.

Sankt-Peterburg metrosida terakt uyushtirganlikda ayblanuvchilar aybini tan olishmadi

Boshqa ayblanuvchilar 19-yildan 28-yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan. Sud Akram Azimov, Ibragim va Muhammadusuf Ermatovlarni jinoyatlar majmuasiga ko‘ra 28-yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Prokuror ularni ham umrbod ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan edi.

Sodiq Ortiqov 22-yilga “kesildi”. Shohista Karimova, Muhamadusuf Mirzaalimov, Azamjon Mahmudov va Dilmurod Muidinovlar 20-yil umrini panjara ortida o‘tkazadi. Sayfulla Hakimov va Bahrom Ergashev 19-yil qamoq jazosi tayinlangan.

Sudda ularning ayblari isbotlangan.

Barcha sudlanuvchilar 500 mingdan 800 ming rublgacha jarimaga tortilgan.

Metrodagi portlash

2017 yil 3-aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining "Sennaya ploshad" va "Texnologicheskiy institut" bekatlari orasida vagon ichida portlash sodir bo‘ldi. Fojiada 16 kishi, jumladan, xudkush terrorchi Akbarjon Jalilov qurbon bo‘ldi.