TOShKENT, 10 dek – Sputnik. “Normand to‘rtligi” davlatlari rahbarlari kecha Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ukrainadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdilar, RIA Novosti xabariga asosan.
Ular, xususan, 2020-yilning mart oyiga qadar Donbassda qurollli kuchlarni to‘liq ajratish, 30 kun ichida yana 3ta chegara-nazorat punkti ochish, “Qizil xoch” jamiyatiga barcha hibsda ushlab turilgan shaxslarni ko‘zdan kechirishga ruxsat berish va yil oxiriga qadar ikkala tomondan ham barcha asirlarni barcha asirlarga almashtirish haqida kelishib olishdi.
Normand to‘rtligining navbatdagi uchrashuvi yana 4 oydan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Uning asosiy mavzusi Donbassdan saylov o‘tkazish bo‘ladi. Ushbu saylov natijalariga ko‘ra, Donbassga doimiy ravishda alohida maqom berilishi mumkin.
Rossiya prezidenti uchrashuv yakunida Emmanuel Makron va Angela Merkelga Yevropa barqarorligi uchun muhim bo‘lgan ushbu masalaga jiddiy yondashayotganlari uchun minnatdorlik bildirdi. Vladimir Putin fikriga ko‘ra, Donbassda “iliqlik” sodir bo‘lmoqda va vaziyat to‘g‘ri tomonga rivojlanmoqda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Parijda erishilgan barcha kelishuvlarni bajarishga tayyor ekanini, lekin Ukraina doimo unitar davlat bo‘lib qolishini va hech qachon “federatsiya”ga rozi bo‘lmasligini bildirdi.