Bishkekda o‘zbekistonlik qalbaki qirg‘iz pasporti bilan qo‘lga olindi

O‘zbekiston fuqarosi Novosibirskdan Bishkekka uchib keldi. Aeroportda u ID-kartasini ko‘rsatgan, biroq u qalbaki ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. “Manas” aeroportida Qirg‘iziston qalbaki pasporti bilan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston mamlakat chegara xizmati asosan xabar qildi.

Yangi hayot: 28-yil SSSR pasporti bilan yashagan otaxonga biometrik pasport berildi

Novosibirsdan kelgan 1997-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi T.N. pasport nazoratidan o‘tayotganda, 1997-yilda tug‘ilgan shaxsga 2004-yilda berilgan ID-kartani chegarachilarga bergan.

“Hujjat chegarachilarda shubha uyg‘otdi. Xodimlar maxsus tekshiruv o‘tkazishdi. Natijada hujjat qalbaki ekanligi ma’lum bo‘ldi. Qo‘lga olingan fuqaroda O‘zbekistonda berilgan haydovchilik guvohnomasi borligi aniqlandi. Fuqaro T.N. Qirg‘izistonga kirish uchun soxta pasportdan foydalanganini tan oldi”, - deyilgan xabarda.

Qo‘lga olingan shaxs Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlariga berildi.