TOShKENT, 10 dek – Sputnik. Internetda AQShning yangi raketasi Suriyada jangarilar avtomobilga tekkanidan so‘ng olingan fotosuratlar paydo bo‘ldi, RIA Novosti xabariga asosan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu zarba amerikaning yangi turdagi raketasi - "AGM-114R9X Hellfire" tomonidan berilgan. Ushbu raketaning asosiy xususiyati shundaki – u portlamaydi.
Uning norasmiy nomi "Katana" (xanjar) bo‘lib, raketa nishonga yaqin kelganda, uning atrofida o‘tkir tig‘lar ko‘tariladi. Katta tezlik bilan birga ushbu tig‘lar avtomobil yoki uy ichida bo‘lgan tirik jonlarni yo‘q qiladi. Lekin zarba oqibatida yong‘in yoki portlash sodir bo‘lmaydi, shu sabab raketa qurbonlari soni odatda 1-5 kishidan ko‘p bo‘lmaydi.
Aksariyat hollarda ushbu raketa uchuvchisiz apparatlardan yoki vertolotlardan uchiriladi.
Fotosuratlarda aks etishiga ko‘ra, xanjar-raketa bemalol avtomobil tomini teshib o‘tib uning ichida bo‘lgan 3 kishini o‘limiga sabab bo‘lgan. Zarba aynan shu raketa yordamida berilganini avtomobil tomida qolgan kesish chiziqlaridan bilib olsa bo‘ladi.
Aytish joizki, amerikaliklar ushbu raketadan oldin ham foydalanishgan. Suriya hududida bir necha bor jangarilar ushbu raketa yordamida yo‘q qilingan edi.