TOShKENT, 9 dek — Sputnik. 9-dekabr kuni Eronning “Zagros Airlines” aviakompaniyasi “Tehron-Toshkent-Tehron” yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.
Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, dastlabki aviakompaniya mazkur yo‘nalishda parvozlarni haftasiga bir marta amalga oshiriladi. Keyinchalik esa parvozlar chastotasi haftasiga ikki martaga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Xabarda yozilishicha, O‘zbekiston va Eron o‘rtasida muntazam parvozlarning tiklanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va sayyohlik sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga turtki beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Tehron o‘rtasida aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingan edi.