“Koinot go‘zali” tanlovi g‘olibalari aniqlandi – foto

Dunyoda eng nufuzli go‘zallik tanlovlardan biri - “Koinot go‘zali-2019” g‘olibasi aniqlandi. Tanlov AQShning Atlanta shahrida o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 9 dek - Sputnik. Xalqaro “Koinot go‘zali-2019” tanlovi g‘olibasi  Janubiy Afrika Respublikasi vakili Zozibini Tunzi bo‘ldi.

“Koinot go‘zali” tanlovi g‘olibalari aniqlandi – foto

Final bosqichga Meksika va Puerto-Rikodan qatnashchilar kiritildi.

“Koinot go‘zali” tanlovi g‘olibalari aniqlandi – foto

Bu yil “Koinot go‘zali” tanlovi AQShning Atlanta shahrida o‘tkazildi. Bu tanlov 1952-yildan beri o‘tkazilib kelinadi va dunyoda eng nufuzli tanlovlardan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya go‘zali Alina Sanko kech xabar qilingani, viza olish va boshqa tashkiliy qiyinchiliklar tufayli “Koinot go‘zali” tanlovida ishtirok etmadi.

Alina Sanko 14-dekabrda “Dunyo go‘zali” tanlovida ishtirok etadi.