O‘zbekiston va YeOII

YeOII doirasidagi munosabatlar davlatlarga bebaho tajriba beradi - Migranyan

MDH davlatlari instituti iqtisodiy fanlar doktori, Aza Migranyan YeOIIga a’zo davlatlariga savdo aloqalari haqida o‘z fikrlarini aytdi.
Sputnik

YeOII kongressida mutaxassis o‘z nutqida, YeOII jiddiy imkoniyatlarni ochishi, bunga Rossiya va Armaniston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni misol qilib ko‘rsatdi.

“Belarus va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo aylanmasi paydo bo‘ldi, ilgari kuzatilmagan edi, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida savdo aylanmasi hajmi o‘smoqda", - dedi Migranyan.

Iqtisodchi xalqaro bozorlardagi jiddiy raqobatni hisobga olgan holda buni katta yutuq deb atadi.

Ma’ruzachi mutaxassislarni  tayyorlash va Markaziy Osiyo mamlakatlarida diplom berish tizimidagi farq tufayli YeOIIda mehnat resurslari aylanuvida asosiy qiyinchilik deb aytdi.

Migranyan ta’kidlashicha, YeOII munosabatlar davomida to‘plangan tajriba bebaho hisoblanadi, ayniqsa mehnat munosabatlarini tartibga solish: pensiya va ijtimoiy himoyani rasmiylashtirish yo‘nalishlarida.

Ekspertning to‘liq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

YeOII doirasidagi munosabatlar davlatlarga bebaho tajriba beradi - Migranyan