Arktika ustidagi harbiy mudofaa qobig‘i ikki sababga ko‘ra muhimdir - harbiy ekspert

Rossiya Akrtika ustidan havo mudofaasi gumbazini o‘rnatadi. Bu nima uchun kerak, harbiy ekspert Sputnik radio efirida tushuntirdi.
Sputnik

Arktikaning Rossiya qismi ustidan havo gumbazi yaratiladi - buning uchun Shimoliy flotning barcha Arktika bo‘linmalari yaqin yillarda S-400 zenit-raketa tizimlari bilan jihozlanadi, deb bayonot berdi Shimoliy flot qumondoni, vitse-admiral Aleksandr Moiseyev, deya xabar berdi RIA Novosti.

Rossiyaning arktikadagi harbiy bazasi hayotidan

“Zenit-raketa va radiotexnika qo‘shinlarini yangi texnika bilan jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu yil “Novaya Zemlya”da joylashgan zenit-raketa polki yangi S-400 zenit-raketa tizimlari bilan jihozlandi va ularni xizmatni o‘tashi boshlandi. Yaqin yillarda Arktikadagi barcha qo‘shinlarimizni bunday komplekslar bilan jihozlanishi  rejalashtirilmoqda. ”, - dedi qo‘mondon.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buning evaziga Arktikani dushmanning barcha turdagi, shu jumladan aviatsiya, qanotli va ballistik raketalari xujumidan himoya qiladi.

MGIMO harbiy-siyosiy tadqiqotlar markazi direktori, tarix fanlari doktori Aleksey Podberozkin Sputnik radio efirida buning muhimligini tushuntirdi.

"Havo mudofaasi va raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini yaratish rejasiga muvofiq, har xil sinfdagi raketalarni doimiy ravishda aniqlaydigan va yo‘q qiladigan yaxlid zona yaratilmoqda. Bu harakatlar hozirda shimoliy chegaralarga yo‘naltirilganligi ayon. Birinchidan, zarba berish uchun eng xavfli hudud, chunki u juda qisqa. Ikkinchidan, “Arktika uchun kurash” allaqachon boshlangan va Arktika hududiga kirmaydigan davlatlar o‘zining ta’sir doirasini belgilashga tobora  intilmoqda”- hisoblaydi Aleksey Podberozkin. Rossiyaning javobgarlik hududi ishonchli himoya qilinishi kerak, dedi u.

Arktikada ilk bor "Bastion" raketasi uchirildi

"Biz Rossiya qurolli kuchlarining javobgarlik hududi deb hisoblanadigan hududlar Havo mudofaasi va Raketalardan qarshi mudofaa tizimlari tomonidan ishonchli tarzda himoyalanishi nuqtayi nazaridan qamrab olinishiga da’vo qilmoqdamiz. Yagona radiolokatsion maydoni qurilib bo‘lgach, Shimoliy Qutb va Arktika mintaqalari orqali hujumdan mudofaa tizimi yaratilmoqda” - dedi Aleksey Podberozkin.

Sentabr oyida “Novaya Zemlya” polkining ilk marta S-400 komplekslari bilan jihozlangani ma’lum bo‘ldi. Bu bo‘linma 2015-yilda harbiy xizmatga tushdi, ammo ilgari oldingi avloddagi S-300 tizimlari xizmatni o‘tagan.

S-400 zenit-raketa tizimlari barcha balandlikda bir necha yuz kilometr  oralig‘i masofasida joylashgan barcha zamonaviy va istiqbolli aerokosmik hujum vositalarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan.