Tuman sababli Namangan va Farg‘onagi aeroportlar reyslarni qabul qilmayapti

Krilo samoleta Natsionalnoy aviakompanii Uzbekistan Airways
Tuman va ko‘rish darajasining yomonligi sabab Namangan va Farg‘ona shaharlaridagi aeroportlar havo kemalarini qabul qilmaydi. HY-620 qatnovi Toshkent shahri aeroportida qo‘ngan.
Sputnik

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Namangan va Farg‘ona shaharlaridagi aeroportlar havo kemalarini qabul qilmaydi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining bir nechta qatnovlari manzilga kechroq yetib borishadi.

Samolet aviakompanii Uzbekiston xavo yullari
UzAirways Yangi yil munosabati bilan 50%gacha chegirmalar joriy etdi

Aviakompaniya matbuot xizmatining xabar qilishicha, bunga tuman va ko‘rish darajasining yomonligi sabab bo‘lgan.

HY-620 qatnovi (Moskva – Namangan): havo kemasi komandiri samolyotni Toshkent shahri aeroportida qo‘ndirishga qaror qilgan.

HY-619 qatnovining (Namangan - Moskva) uchishi ham kechikadi.

Shuningdek, HY-606 (Moskva - Samarqand) HY-42(Samarqand - Toshkent) qatnovlari ham manzilga mo‘ljallangan vaqtdan kechroq yetib borishadi.