Rossiyadagi eng mashhur avtomobil rusumlari aniqlandi

Noyabr oyida jami 156 848 dona avtomobil sotilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 6,4 foizga kam.
Sputnik

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. “Avtostat” tahliliy agentligi 2019-yil noyabr oyi yakuniga ko‘ra sotilgan yengil va kam yuk oluvchi yuk mashinalar reytingini tuzdi.

Ravon Rossiyada narxlarini tushirdi

“LADA” rusumi eng mashhur ekani aniqlandi, noyabr oyida 31 217 dona sotilgan. Keyingi o‘rinda “KIA” (19 612 dona) va “Hyundai” (16 314 dona) qayd etilgan. Agentlik ushbu uch brendlar ulushi Rossiya avtomobil bozorining 40 dan ortiq foizini tashkil etganini ta’kidlagan.

Yetakchi beshlikka “Renault” (12 833 dona) va “Volkswagen” (9 160 dona) kiritilgan.

Eng ko‘p sotilgan o‘ntalikka “Skoda” (9 050 dona), “Toyota” (8 806 dona), “GAZ” (6 309 dona), “Nissan” (5 113 dona) va “Mitsubishi” (4 124 dona) kiritilgani reytingada ko‘rsatilgan.

Rossiyada noyabr oyida jami 156 848 dona avtomobil sotilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 6,4 foizga kam.