Aqtobe shahrida o‘zbekistonliklar uchun muddatidan avval ovoz berish tashkillashtiriladi

Navbatdagi parlament saylovlari O‘zbekistonda 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan Qozog‘istonning Aqtobe shahrida o‘zbekistonliklar uchun muddatidan avval ovoz berish tashkillashtirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Qozog‘istonning Aqtobe shahrida o‘zbekistonliklar uchun muddatidan avval ovoz berish tashkillashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

4-5-dekabr kunlari O‘zbekistonning Aqtau shahridagi bosh konsuli Nodir Turgunov Aqtobe viloyatida bo‘ldi.

MSK raisi o‘rinbosari kelayotgan saylovlar nima sababdan tarixga kirishini aytib berdi

Tashrif doirasida qator uchrashuvlar, jumladan, viloyat hokimi o‘rinbosari Kayrat Bekenov, viloyat politsiya departamenti va saylov komissiyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar muddatidan oldin ovoz berishni 14-15-dekabr kunlari soat 10.00dan 13.00gacha Aqtobe shahri, Sanqiboy botir ko‘chasi 20-A uy mazilida o‘tkazishga kelishishdi.

O‘zbekistonda Parlament saylovlari 2019-yilning 22-dekabrida bo‘lib o‘tadi. Parlamentdagi 150ta o‘ringa mamlakatda faoliyat yurituvchi beshta partiyalar tomonidan ilgari surilgan 750 nomzod da’vogarlik qilmoqda. 18-noyabrdan saylovoldi tashviqotlariga start berilgan.