Xususiy mehnat agentliklari 40 ming kishiga xizmat ko‘rsatdi

O‘zbekistonda tashkil qilingan xususiy mehnat agentliklari soni 90taga yetgan va ular 41 ming kishiga xizmat ko‘rsatgan, 1,9 ming kishini xorijga yuborgan.
Sputnik

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Xususiy bandlik agentliklari tomonidan 41,3 ming fuqarolarga xizmatlar ko‘rsatildi, deb xabar qilmokda Sputnik muxbiri Mehnat vazirligi boshqarma boshlig‘i Dilmurod Isaqulovdan olingan ma’lumot asosida.

Xizmatlar asosan Farg‘ona (14,2 ming), Andijon, Namangan, Samarqand (4,3 mingdan), Buxoro (2,8 ming) Qashqadaryo (2,4 ming) va Samarqand (3,7 ming) viloyatlarida ko‘rsatilgan.

Xorijga tashkillashtirilgan tartibda yuborilgan fuqarolar soni -  1,9 ming kishini tashkil qilgan. Fuqarolar asosan Rossiya, Turkiya, Litva, Latviya, Polsha, BAA, Isroil va boshka mamlakatlarga ishga yuborilgan.

Bugungi kunga kelib xususiy agentliklar soni 90 taga yetkazilgan va ulardan 60 tasi fukarolarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish huqukini olgan.