O‘zbekiston “Novaport”ga aeroportlarni 30-yilga topshirishga qarshi

Rossiyaning aeroportlar boshqaruvchi kompaniyasi "Novaport" O‘zbekiston aeroportlarini boshqarish bo‘yicha 30-yildan kam muddatga shartnoma imzolashga qarshi.
Sputnik

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. O‘zbekiston hukumati va “Novaport” kompaniyasi orasida olib borilayotgan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi, deb xabar qilmoqda "Kommersant" nashri.

“Novaport Samarqand, Namangan va Urgench aeroportlarini boshqaruvga olish shartnomasi haqida kelishuvga erisha olmayapti. Kompaniya aeroportlarni konsessiya shartnomasini bo‘yicha 30-yildan ortiq muddatga olishni rejalashtirmoqa, lekin mahalliy hukumat bunga mutlaq qarshi”, - deyilgan xabarda.

"Novaport" sarmoyadori Roman Trotsenko aytishiga qargandan muzokarlar hali yakuniga yetmagan, aeroportlarga qiziqish saqlanib qolmoqda.

Toshkent aeroporti xususiylashtirilishi mumkin

Biroz olin O‘zbekiston aeroportlarini rekonstruksiya qilishdan manfaatdor bo‘lgan yana bir investor topilgani haqida xabar bergan edik. Yaponiyaning Sumitomo korporeyshn kompaniyasi Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Farg‘ona va Termiz aeroportlarini konsessiya shartnomasi asosida boshqarishni taklif qilgan edi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda havo transporti juda tez rivojlanib bormoqda. Shu sababli har bir shaharda aeroportlar muhim transport bo‘g‘iniga aylanib borayotgani tabiiy. Aeroportlar yo‘lovchilarga va aviakompaniyalarga turli xil xizmatlar ko‘rsatishdan tashqari, mehmonxona, avtoturargoh kabi qo‘shimcha daromad manbaalariga ega.

Ochiq manbaalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvadagi Sheremetyevo eroportining yillik o‘rtacha daromadi 12-13 milliard rublni (185 mln $) tashkil qiladi.