Germaniya nashri NATOning yangi asosiy raqibini ma’lum qildi

Germaniyaning Die Welt nashri NATOning asosiy raqibini ma’lum qildi. Muallif fikriga ko‘ra, harbiy-siyosiy blokda Xitoy roli haqida yagona fikr mavjud emas.
Sputnik

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. Germaniyaning Die Welt nashri NATO kelajagi haqida xavotirlari bilan o‘rtoqlashdi. RIA Novosti xabariga asosan.

AQSh NATO sammiti oldidan ittifoqchilarni yo‘qotmoqda

Maqolada ta’kidlanishicha, NATOning asosiy raqibi Rossiya emas, balki Xitoy ekanligini ko‘rsatilgan. Muallif fikriga ko‘ra, harbiy-siyosiy blokda Xitoy roli haqida yagona fikr mavjud emas.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Xitoyni raqib deb bilsa-da, Germaniya va Fransiya uni savdo derjava sifatida ko‘rishmoqda. Nashr yozishicha, Germaniya va Fransiya Yevropada o‘z siyosiy nufuzini iqtisodiyotga sarmoya kiritish orqali “sotib olmoqchi” bo‘lgan Pekindan kelayotgan xavfni yetarli darajada hisobga olmayapti.

Xitoy o‘z ta’sirini dunyo okeanlariga yoyish uchun muvaffaqiyatli ishlamoqda. Keyinchalik, mamlakat xalqaro yuk tashish tarmoqlariga kirish huquqini nazorat qilishi mumkin.

Maqolada ta’kidlanishicha, Xitoy juda yaxshi qurollanganligiki, Avstraliya, Janubiy Koreya va Yaponiya xavfsizligini ta’minlayotgan AQShning derjava sifatidagi roli tobora shubhali bo‘lib qolmoqda.

Muallif buning barchasi Yevropaning xavfsizligi va farovonligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin degan xulosa qilgan.